O‘zbekiston bo‘ylab aholining bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlikni rivojlantirishda mahallabay ishlash samaradorligi oshib bormoqda. “Agrobank” ATB tomonidan ham bu borada minglab loyihalar moliyalashtirilib, aholiga daromad manbai yaratish imkoniyatlari kengaymoqda.
2025-yilning hozirgi holatiga bank tomonidan 2,9 trln. so‘mlik mikrokreditlar ajratilib, minglab yangi ish o‘rinlari yaratildi va aholi bandligi ta’minlandi.

Bunda “Sayxunobod tajribasi” asosida tashkil etilayotgan amaliy ishlar hamda mikroloyiha va loyiha paketlariga amaliyotgan samarali joriy etilishi natijasida tadbirkorlik bilan shug‘ullanadigan aholi soni ham oshib bormoqda.
Bu borada bank tomonidan ayollar va yoshlar uchun ham keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Joriy yilning o‘zida 17,3 ming xotin-qizning biznes tashabbuslari kredit bilan qo‘llab-quvvatlandi. “Bir kontur – bir mahsulot” loyihasi orqali esa minglab oilalar tomorqadan samarali foydalanib, qo‘shimcha daromad topmoqda.
Mahallabay yondashuv nafaqat yangi ish o‘rinlari, balki hududlarda iqtisodiy faollik va farovonlikni oshirishning ishonchli poydevoriga aylanmoqda.
O‘zA