Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahallabay va xonadonbay tamoyillari asosida profilaktik ishlar mustahkamlanmoqda
18:11 / 2026-02-03

Poytaxtimizda Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi va qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Ofitserlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish kursi tinglovchilari bilan amaliy yo‘naltirilgan yo‘riqnoma tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda akademiya boshlig‘i, yuridik fanlari doktori , professor, polkovnik Muzaffarjon Mamasiddiqov so‘zga chiqib, malaka oshirish jarayonlari zamonaviy talablar asosida dual ta’lim tamoyiliga muvofiq, ya’ni nazariya va amaliyot uyg‘unligida olib borilayotganini ta’kidladi.  

Shuningdek, tinglovchilarning poytaxtimizning barcha tumanlarida mahallabay va xonadonbay tamoyili asosida o‘tkaziladigan keng qamrovli profilaktik tadbirlarda faol ishtirok etishi, amaliyot jarayonida uchrayotgan real muammolarni o‘rganishi, tahlil qilishi hamda ularni bartaraf etish yuzasidan asosli takliflar ishlab chiqishi muhimligini qayd etib o‘tdi.

Tadbir davomida akademiya professor-o‘qituvchilari, tuman inspektorlari, tuman hokimligi mas’ullari hamda tegishli xizmatlar xodimlariga mutaxassislar tomonidan dolzarb vazifalar ijrosini samarali tashkil etish, profilaktik tadbirlarni sifatli amalga oshirish, xizmat intizomini mustahkamlash va idoralararo hamkorlikni kuchaytirish masalalari yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi. Shuningdek, amaliy faoliyatga oid aniq vazifalar va topshiriqlar belgilab olindi.

Tadbir doirasida aholi xonadonlarida yong‘in xavfsizligi, gaz va elektr jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish qoidalariga oid tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, fuqarolarga amaliy tavsiyalar, mavjud xavf-xatarlarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA