Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahallabay ishlash tizimi samara bermoqda
11:19 / 2025-04-11

Navoiy viloyat soliq boshqarmasida O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi viloyat bo‘limi hamkorligida “2024 yilda amalga oshirilgan ishlar va 2025 yildagi ustuvor vazifalar” mavzusida ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi.

Ta’kidlanganidek, 2024 yil uchun viloyat byudjet daromadlariga belgilangan 2 trillion 34 milliard so‘m prognoz reja 2 trillion 140 milliard so‘mga bajarilib, byudjetga 106 milliard so‘m qo‘shimcha daromad yaratildi. Tushumlar miqdori o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 308 milliard so‘mga yoki 117 foizga o‘sishi ta’minlandi.

– Viloyatda 2025 yil byudjet daromadlari prognoz rejasi 4,9 trillion so‘m, shundan mahalliy byudjet daromadlari 3,4 trillion so‘m qilib belgilangan, – deydi viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Zohidjon Shomurodov. – Прогноз rejamizni bajarishda xufiyona iqtisodiyotni jilovlash hisobiga qo‘shimcha daromad jalb qilishni oldimizga maqsad qilib olganmiz. Jumladan, “Soliqchi – ko‘makchi” tamoyili asosida tadbirkorlarga majburiyatlarini bajarishda yaqindan yordam ko‘rsatish, ishlab chiqarish hajmining oshishi, yangi loyihalarni ishga tushirilishi hamda yangi tashkil etilgan va tashkil etilayotgan korxonalarga ko‘maklashish maqsad qilingan. Shuningdek, qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan korxonalarni qo‘llab quvvatlash hisobiga ularda yangi ish o‘rni yaratilishi, tovar aylanmasini hamda mehnatga haq to‘lash fondini oshirish, mahalladagi imkoniyatlarni ishga solish, soliq bazasini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini qonuniylashtirishga hamda o‘zini o‘zi band qilganlarga kichik biznes toifasiga o‘tishga ko‘maklashish, yashirin iqtisodiyotni jilovlash va qo‘shimcha manbalarni aniqlash hisobiga qo‘shimcha mablag‘lar tushiriladi. 

Matbuot anjumanida mahallabay ishlash tizimining joriy etilishi natijasida erishilgan yutuqlar haqida ham ma’lumot berildi. 

Mahallalarda soliq organlari tomonidan ishlashning yangi tizimi joriy etilib, viloyatdagi 330 ta mahallaga 168 nafar soliq xizmati organi xodimi biriktirilgan. 

Soliq xodimlarining mahallabay ishlash tizimini tashkil etilishi natijasida 2024 yil davomida 20 ming 460 holatda 16,2 milliard so‘m qo‘shimcha soliq hisoblanib, byudjetga tushirilishi ta’minlandi. 

O‘tgan davr mobaynida soliq boshqarmasi hamda Majburiy ijro byurolari hamkorligida mavjud soliq qarzdorliklarini undirish choralari ko‘rilmoqda. Jumladan, joriy yilning o‘tgan uch oyi davomida 430 ta qarzdor korxonalarning 54,2 milliard so‘mlik soliq qarzi yuzasidan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar balansidagi 290 ta ko‘chmas mulk, 45 ta transport vositasi, 70 ta qishloq xo‘jaligi texnikasi va 25 ta boshqa turdagi mol-mulk xatlandi. Shuningdek, xatlov jarayonlarida 21,5 milliard so‘m miqdorida soliq qarzdorligi undirilishi ta’minlandi. Qolaversa, Prezidentimizning 2025 yil 19 martdagi “Kichik va o‘rta biznesning iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan joriy etilgan qator imtiyozlar sabab viloyatda faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaliklarining soliq qarzdorligi bo‘yicha hisoblangan 19,4 milliard so‘m miqdoridagi penyasi hisobdan chiqarilib, sud va ijro ishlarining ushbu penyani undirish bilan bog‘liq qismi tugatildi.

Matbuot anjumanida O‘zbekiston Respublikasining 2025 yilga mo‘ljallangan soliq siyosati konsepsiyasi doirasida qonunchilikka kiritilgan asosiy o‘zgartirishlar, 2025 yilda yuridik va jismoniy shaxslar uchun ayrim soliqlarni hisoblab chiqarish maqsadida qo‘llaniladigan koeffitsiyentlar, mutlaq miqdor summalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi qarori to‘g‘risida ham ma’lumot berildi.

A.Bo‘riyev, S.Aslonov (surat), O‘zA muxbirlari