Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahallabay ishlash tizimi natijadorligi va OAV
13:17 / 2024-03-07

Farg‘ona viloyat soliq boshqarmasida mahallabay ishlash tizimi asosida amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligi hamda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash borasida joriy etilayotgan o‘zgarishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Tadbirni Farg‘ona viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i Maqsudxon Mamatxonov ochib berdi va kun tartibidagi masalalar yuzasidan ma’lumot berdi. Ayniqsa, joriy yilning 1-fevralidan boshlab amaliyotga kiritilgan Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi mavzusida batafsil to‘xtalib o‘tildi.  

Tadbirda OAV vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar.

[gallery-16286]

Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA