Mahalla yoshlari “Zakovat”da bellashdilar
Yoshlar ishlari agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan Besh tashabbus olimpiadasining ikkinchi mavsumi doirasida mahallalar o‘rtasida «Zakovat» intellektual turniri bo‘lib o‘tdi.
Ta’kidlash kerakki, viloyat bosqichi o‘yinlari 3 turdan iborat bo‘lib, jamoalar qizg‘in bahslar davomida uyushqoqlik bilan bilim va salohiyatini namoyon etdilar.
[gallery-14625]
Yakuniy natijaga ko‘ra, birinchi o‘rin Qiziltepa tumanidagi «Qal’ayi Azizon» MFY yoshlariga nasib etdi. Keyingi o‘rinlarni G‘ozgon shahrining «Guliston» va Uchquduq tumanidan «Aytim» mahalla fuqarolar yig‘inlari jamoalari egalladi.
Ushbu uch jamoa turnirning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Siroj ASLONOV(surat),O‘zA