Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahalla yoshlari “Zakovat”da bellashdi
14:17 / 2025-07-17

Bugungi kunda yoshlarning aql-zakovatini oshiradigan, iqtidorini ro‘yobga chiqaradigan loyihalardan biri bu – “Zakovat” intellektual o‘yini.

Yurtimizda bu loyiha orqali yoshlarimiz intellektual salohiyatini oshirmoqda.

Shunga ko‘ra, "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida mahallalardagi yoshlar o‘rtasida “Zakovat” musobaqasining tuman (shahar) bosqichi o‘tkazildi.

Ikki kun davom etgan musobaqada Sergeli tumanidan “Quruvchilar” MFY, Yangihayot tumanidan “Navqiron” MFY, Yakkasaroy tumanidan "Boshliq" MFY, Shayxontohur tumanidan “Chorsu” MFY, Chilonzor tumanidan “Beshyog‘och” MFY hamda Uchtepa tumanidan “Taqachi” MFY, Bektemir tumanidan “Nurafshon” MFY, Olmazor tumanidan “Yuqori Sebzor” MFY, Mirobod tumanidan  “Yuksalish” MFY, Mirzo Ulug‘bek tumanidan “Azamat” MFY hamda Yashnabod tumanidan “Donishmand” MFY  yoshlari o‘zaro bellashdi.

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA