Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahalla yoshlari kibersportda bellashdi
08:58 / 2022-08-25

“Mahalla” xayriya jamoat fondi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi va “DarkNetNukus” markazi tomonidan kibersport bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

Mahallalardagi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning IT yo‘nalishi bo‘yicha iqtidorlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan musobaqada Nukus shahridan 4 ta jamoa ishtirok etdi.

Murosasiz o‘tgan musobaqa natijasiga ko‘ra “Juo‘azshi” mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlari jamoasi birinchi o‘rinni egalladi.

Musobaqa g‘oliblari va faol ishtirokchilarga “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

Dovud Abibullayev, O‘zA