Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahalla yoshlari bilan ishlashda rahbarlar mas’uliyati oshirildi
18:23 / 2023-07-21

Quyi Chirchiq tumanida mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasining birinchi yarim yillik yakunlari va yoshlar bandligini ta’minlash hamda ular o‘rtasida sodir etilayotgan jinoyatni kamaytirishga bag‘ishlangan Respublika o‘quv seminari o‘tkazildi.

Unda Respublika miqyosidagi yoshlarga aloqador vazirlik, idoralar vakillari, OTM mas’ullari, hokim o‘rinbosarlari, yetakchilar va faollar ishtirok etda. Seminarda dastlab Toshkent viloyati hududida joriy yilning birinchi yarmida jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar, kelgusidagi ustuvor vazifalar haqida ma’lumot berildi.  

Seminarda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev hududlarda yoshlar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirdi. Ma’lumki, Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 11 aprel kuni yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida davlat ko‘magiga muhtoj yoshlar har bir vazir va uning o‘rinbosarlari, viloyat, tuman va shahar hokimlari, sektor rahbarlari, rektorlar, Milliy gvardiya va harbiy qism komandirlariga biriktirilgan edi. Ular o‘z himoyasidagi o‘g‘il-qizlarning kasb-hunar o‘rganishiga, kredit, subsidiya va kafillik olish orqali bandligiga ko‘maklashish zarur.  

O‘tgan davr mobaynida bu borada viloyatdagi rahbarlar ham tizimli ishlarni amalga oshirdi. Seminar ishtirokchilariga Chinoz tumani hokimi Botir Alimbekov yoshlar bilan ishlash bo‘yicha tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. Hozir hudud aholisi 3 million nafardan oshadi. Shundan 14-30 yoshdagilar 21 foizni tashkil etmoqda. Joriy yil o‘tgan davr mobaynida viloyatda sodir etilgan jinoyatlar 1 ming 718 tasi yoshlar tomonidan sodir etilgan. Bular orasida qotillik, og‘ir tan jarohati yetkazish, o‘g‘irlik, talonchilik, firibgarlik, bezorilik va shu kabi holatlar kuzatilgan. O‘tgan davr mobaynida viloyat bo‘yicha 131 nafar yoshlar sodir etgan huquqbuzarlikdan keyin ham yana jinoyat sodir etgan. Shu sababli yoshlarning yashash, o‘qish va ish joylarida keng jamoatchilik orasida muhokama o‘tkazishni ommalashtirish kerak.  

Shuningdek, 55 ta mahalla bevosita yashovchi yoshlar tomonidan eng ko‘p jinoyatlar sodir etilgani sababli qizil toifaga kiritilgan. Ta’kidlanganidek, tumanda band bo‘lmagan yoshlar 15 ming 363 nafar. Jumladan, og‘ir toifadagi 1 ming 277 nafar yoshlarni biriktirilgan 30 ta tashkilot va korxona rahbarlari tomonidan uch toifada muammolari o‘rganilib ajratib olindi. Ulardan ijtimoiy va iqtisodiy muammosi mavjud bo‘lmaganlar, biriktirilgan rahbarni o‘z imkoniyatidan hal etiladigan muammolar va tuman darajasida hal etiladigan muammolardir. Har hafta yakuni bilan “muammodan-yechimgacha, ko‘makdan-natijagacha” tamoyili asosida monitoring tizimi yo‘lga qo‘yildi. O‘rganishlar natijasida og‘ir toifaga kiritilmagan, biroq ko‘makka muhtoj bo‘lgan turli toifadagi yoshlar aniqlandi va ularning ham muammo takliflariga yechim topilib ko‘mak ko‘rsatilmoqda. Seminarda kelgusida amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olindi.  

A.Musayev, O‘zA