O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga davlat ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini taqdim etish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni muvofiq, davlat ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarining manzilliligini oshirish maqsadida "mahalla yettiligi"ga quyidagi huquqlar beriladi:
a) mazkur Farmonga muvofiq og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan oilalarni "kambag‘allik chegarasidagi oila" toifasiga kiritish;
b) oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini baholashda oilaning bandligi ta’minlanmagan mehnatga layoqatli a’zolarini ishsiz deb topish hamda norasmiy band bo‘lgan mehnatga layoqatli a’zolariga norasmiy band maqomini belgilash. Bunda:
oilalarning ishsiz deb topilgan yoki norasmiy band maqomi belgilangan a’zolari to‘g‘risidagi ma’lumotlar Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Soliq qo‘mitasiga "Raqamli hukumat" tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali taqdim etib boriladi;
ishsiz deb topilgan oila a’zolarining bandligini ta’minlash - hokim yordamchisining, norasmiy band maqomi belgilangan oila a’zolarining norasmiy bandligini legallashtirish - "mahalla yetgiligi"dagi soliq inspektori faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlaridan biri sifatida belgilanadi.
O‘zA