Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Mahalla yettiligi” – xalqchil tizim
10:24 / 2024-02-20

FOTOREPORTAJ

Yurtimizda olib borilayotgan islohotlarning samaradorligini ta’minlashda mahalla instituti muhim o‘rin tutadi. Mahalla raisi, mahalladagi hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim, soliq inspektoridan iborat “mahalla yettiligi” bugun tom ma’noda fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal qilishda xalqchil tizimga aylanib ulgurdi.

Davlatimiz rahbarining 2023 yil 21 dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi doirasida “mahalla yettiligi” tizimining yanada samarali ishlashini tashkil qilish maqsadida  qator vazifalar amaliyotga tatbiq etilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Surxondaryo viloyat filiali tomonidan o‘tkazilgan  “mahalla yettiligi”ni o‘qitish bo‘yicha o‘quv seminarda shular haqida so‘z yuritildi. O‘quv dasturiga kiritilgan masalalarning dolzarbliligi va ushbu talablarga bugun har bir mahallada faoliyat yuritayotgan xalq xizmatchilari javob bera olishi lozimligiga e’tibor qaratildi.  

Termiz tumanida bo‘lib o‘tgan o‘quv seminarida hududdagi 30 ta MFYning “yettilik”lari qamrab olindi. Seminar dasturidan mahalla raislari faoliyati, mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlar ishlari, oila va xotin-qizlar, ichki ishlar, ijtimoiy himoya, soliq, ma’naviyat va ma’rifat, adliya yo‘nalishlarida har bir mas’ulning vakolat, huquq va majburiyatlari mavzulari o‘rin olgan.

[gallery-16034]

Ma’lumot uchun. Surxondaryo viloyati bo‘yicha 31 yanvardan 24 fevralga qadar 15 ta hududda ayni yo‘nalishda o‘quv seminari o‘tkazish va malakali trenerlar tomonidan  724 MFYdagi  “mahalla yettiligi”ga kiruvchi mas’ullarni o‘qitish ko‘zda tutilgan.

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA