Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Mahalla yettiligi” –muammolarni hal etishda katta kuch
17:56 / 2024-02-12

Jizzax viloyatidagi mahalla fuqarolar yig‘inlarida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Davlat boshqaruvi akademiyasi vakillari, biriktirilgan hududiy trenerlar bilan hamkorlikda mahalla yettiliklari uchun o‘quv-seminarlar tashkil etilmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2023 yil 21 dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni hamda “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyati va amalga oshirish mexanizmlarini ijrochilarga sifatli yetkazish maqsadida Forish tumanida “mahalla yettiligi” uchun o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.

Tumanning 1-sektor hududidagi “Bog‘don” MFY misolida mahallani jamoatchilik boshqaruvi hamda nazoratining tayanch bo‘g‘iniga aylantirish, uning jamiyatdagi o‘rni va rolini kuchaytirish, mahalla boshqaruvida aholining faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha bir qator xayrli ishlar amalga oshirilayotganligi seminar ishtirokchilariga namuna sifatida ko‘rsatildi.

“Bog‘don” MFY yettiligi tomonidan bugungi kunda mahallaning ichki resurslarini aniqlash hamda ularni ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatish uchun safarbar etish bilan birga, mahallada xonadonma-xonadon yurib, aholi dardiga quloq tutilib, fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan murojaatlar birma-bir qayd etib borilmoqda. Eng muhimi, ana shu muammo va takliflar eshitilib, hal etish yo‘llari izlanayapti va birma-bir yechimlar topilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, “mahalla yettiligi” hududdagi aholini qiynab kelayotgan muammolarini hal etishda muhim rol o‘ynayotganini ko‘rsatadi.

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA muxbirlari