FOTOREPORTAJ
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Xorazm viloyati filiali rahbari Q. Otajonov hamda viloyat hokimligi tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari G‘. Sattorov Tuproqqal’a tumanida bo‘lib, aholi muammolarini hamda “Mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha tuman shtabi va “Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla” mezonlari joriy etilayotgan Nurobod mahallasi yettiligi faoliyati o‘rgandi.
Jarayon davomida “Yo‘l xaritasi” bo‘yicha bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar, aholining tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, kredit va subsidiya ajratish, bandlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga zarur ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
[gallery-16715]
Ishchi guruh ijtimoiy infratuzilma holatini yaxshilash, “Mahalla yettiligi” faoliyati hamda yoshlar bilan ishlash tizimini samarali tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirib, kerakli amaliy va tashkiliy-uslubiy yordam ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari, aholi kayfiyatiga ta’sir qiluvchi muammoli holatlar o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rildi. Hal etilishi muayyan muddat va mablag‘ talab etadigan ijtimoiy muammoni bartaraf qilish, “Mahalla yettiligi” faoliyati va yoshlar bilan ishlarni samarali yo‘lga qo‘yishga qaratilgan manzilli choralarni qamrab oluvchi “Yo‘l xaritasi” tayyorlandi.
Behzodbek SAIDOV(surat),O‘zA