Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining axboroti tinglandi
18:00 / 2020-12-11

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligida Senat a’zolari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari hamda sohaning mas’ul xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining 2020 yildagi faoliyati yuzasidan axboroti tinglandi.

Yig‘ilish avvalida vazir o‘rinbosari, Senat a’zosi Sodiqjon Turdiyev vazirlik tomonidan joriy yil davomida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berib o‘tdi.

Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 18 fevraldagi PF-5938-sonli Farmoni asosida O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda uning hududiy bo‘linmalari tashkil etilgani, aholi muammolarini aniqlash va bu borada aniq manzilli ish tashkil etish borasidagi sa’y-harakatlarga yangicha mazmun baxsh etdi.

Vazir o‘rinbosari S.Turdiyev o‘z axboroti davomida Davlatimiz Rahbari tomonidan sohaga doir huquqiy bazani mustahkamlash, amaldagi mavjud qonunchilikni takomillashtirish va bu orqali tizimdagi mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida 24 ta qonun hujjati, shu jumladan 6 ta qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 4 ta Farmoni va Qarori, Hukumatning 14 ta qarori loyihalari ishlab chiqilgani, 11 ta qonun hujjati (2 ta qonun hamda Vazirlar Mahkamasining 9 ta qarori) qabul qilinganligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, yig‘ilishda xalq bilan muloqot qilish, bu orqali aholining davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlash masalasi davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani qayd etilib, shu yilning oktyabr oyida vazirlikning 1146 Ishonch telefoni ishga tushirilgani, bu esa mahalla tizimi faoliyatini yanada takomillashtirish, ayniqsa, xotin-qizlar va oila masalalariga oid muammolarni tezkorlik bilan aniqlash hamda ularga yechim topishda muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.

Tadbirda, shuningdek, aholi bandiligini ta’minlash borasidagi ishlar yuzasidan ham batafsil ma’lumot berib o‘tildi. Ta’kidlanganidek, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida tegishli vazirliklar bilan hamkorlikda 797,1 ming nafar fuqaroning bandligi ta’minlanib, 69 mingдан ortiq fuqaro hunarmandchilik, oilaviy tadbirkorlik, kasanachilik, tomorqachilik kabi yo‘nalishlarga jalb etildi. Qolaversa, yig‘ilishda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha fuqarolarga kredit olish, subsidiyalar ajratilishiga doir bajarilgan ishlar xususida ma’lumot berib o‘tildi.

Yig‘ilishda xotin-qizlar masalalariga ham alohida to‘xtalib o‘tildi. Jumladan, Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan xotin-qizlarning jamiyat va oiladagi o‘rni va rolini yanada oshirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda tuman (shahar) bo‘lim boshliqlarining birinchi o‘rinbosarlari — viloyat, tuman (shahar)lar hokimlarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi sifatida hokimning o‘rinbosari maqomiga tenglashtirilgani keltirib o‘tildi.

Aytilganidek, og‘ir ijtimoiy sharoitda yashayotgan 1 127 nafar xotin-qizlarga uy-joy sotib olish uchun Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan 19 mlrd. 426 mln. so‘m miqdoridagi boshlang‘ich badallar to‘lab berildi. Qolaversa, oliy ta’lim muassasalariga grant asosida tanlovda ishtirok etishlari uchun tavsiyanoma berilgan xotin-qizlarning 950 nafar grant asosida o‘qishga qabul qilindi. Barcha hududlar miqyosida xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha yangi tizim — “Ayollar daftari” joriy etildi.

Tadbir davomida aytilganidek, nuroniylar ishtirokida mahallalardagi 3 978 ta notinch oila yarashtirildi, 3784 nafar voyaga yetmaganlar profilaktik hisobdan chiqarildi, spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan 2668 nafar shaxslarning bunday illatdan xalos bo‘lishiga yordam berildi. Mahallalarni jinoyatchilikdan holi hududga aylantirish maqsadida профилактика inspektori lavozimi bo‘yicha qo‘shimcha 2 753 ta shtat birligi joriy etildi va barcha mahallalarda ular faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Shu bilan birga криминоген vaziyati og‘ir bo‘lgan 961 ta hududlarda “mahallabay” dasturlar ishlab chiqildi hamda Milliy gvardiya xodimlari biriktirildi.

Yig‘ilish davomida vazirlikning faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha Senat a’zolari va boshqa ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri o‘rinbosarlari — Botir Parpiyev va Sodiqjon Turdiyevlar tomonidan atroflicha javob berib o‘tildi.

Yig‘ilishda Oliy Majlis Senatining Sud-huquq va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi Narimon Umarov ishtirok etdi.

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash

vazirligi Matbuot xizmati