English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahalla tizimining faol xodimlari taqdirlandi
10:54 / 2025-03-24

Jizzax viloyat hokimligining anjumanlar saroyida tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Ulug‘bek Mustafoyev so‘zga chiqib, barcha soha xodimlarini Mahalla tizimi xodimlari kuni bilan samimiy muborakbod etdi.

Tadbirda mamlakatimizda mahalla tizimida olib borilayotgan islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, xalqimiz orasida o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlash, ko‘p asrlik an’analarimizni asrab-avaylash, ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash hamda oilalarda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, farzandlarimizni ona Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash ishlariga qo‘shgan munosib hissasi uchun bir guruh soha vakillari Prezidentimiz qaroriga ko‘ra ta’sis etilgan “Mahalla iftixori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

[gallery-22425]

Mukofotlanganlarga “Mahalla iftixori” ko‘krak nishoni va davlatimiz rahbarining tabriknomasini viloyat rahbari Ulug‘bek Mustafoyev tantanali ravishda topshirdi.  

– Mening kamtarona mehnatim Yurtboshimiz tomonidan yuqori baholanib, “Mahalla iftixori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganimdan behad xursandman, – deydi Do‘stlik tuman mahallalar uyushmasi rahbari Malika Qudratova. – Davlatimiz rahbarining ushbu mukofoti menga yanada katta mas’uliyat yuklaydi. Bor kuch-g‘ayratimni mahallalarimiz obodligi, oilalar tinch-totuvligi, fuqarolarimiz farovonligi yo‘lida sarflashga va’da beraman.

Mahalla tizimi xodimlari kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirida ijro etilgan kuy, qo‘shiq va jozibali raqslar tadbir ishtirokchilariga  xush kayfiyat bag‘ishladi.

 A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA muxbirlari