Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahalla taraqqiyotiga hissa qo‘shib
10:42 / 2025-02-18

Buxoro viloyati Kogon shahar soliq inspektori Nasiba Hojiyevaga shahardagi Ziyokor va Mustaqillik mahallalari biriktirilgan. U mahallalarda, soliqlarning o‘z vaqtida to‘lanishini nazorat qilibgina qolmay, hududdagi tadbirkorlik sub’ektlarining barqaror faoliyat yuritishiga, qo‘shimcha ishchi o‘rinlarni legallashtirishga va soliq solinadigan bazani kengaytirishga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.

– Mahalla yettiligi bilan birgalikda xonadonma-xonadon yurish natijasida soliq to‘lovlarning o‘z vaqtida byudjetga kelib tushishiga erishmoqdamiz, – deydi Nasiba Hojiyeva. – Ta’kidlash kerakki, menga biriktirilgan mahallalarning bugungi kundagi qiyofasi o‘zgarib, tadbirkorlik sub’ektlarining soni ortmoqda. Soliq tushumlaridan mahalla ixtiyoriga qoladigan mablag‘larning to‘g‘ri yo‘naltirilayotgani bunga yaqqol misol bo‘la oladi. 

Nasiba Hojiyevaning qo‘llab-quvvatlashi va bevosita yordami bilan, joriy yil boshidan moliyaviy qiyinchiliklar sabab faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan to‘rtta tadbirkorlik sub’ektining faoliyati qayta tiklandi. Undan tashqari, avval noqonuniy ishlagan 5 nafar tadbirkorlar bilan tushuntirishlar olib borilib ularning faoliyati qonuniylashtirildi. 30 nafar fuqaro o‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, ularning kelajakda kichik biznesdan katta biznesga o‘tishlariga zamin yaratdi. 

Aholini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish va xalqimizni soliq madaniyatini yuksaltirish hozirgi kunda muhim vazifalardan biridir. Bu borada Kogon shahridagi soliq inspektori Nasiba Hojiyevaning ezgu va xayrli ishlari mahalla taraqqiyotiga xizmat qilmoqda.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri