Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Mahalla taraqqiyoti uchun eng yaxshi biznes loyiha”
11:13 / 2024-06-19

Mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligiga bag‘ishlab "Biznesni rivojlantirish banki" ATB va O‘zbekiston mahallalari uyushmasi  “Mahalla taraqqiyoti uchun eng yaxshi biznes loyiha” Respublika ko‘rik-tanlovini e’lon qildi.

Loyiha  mahallalar  xududida amalga oshirish rejalashtirilgan biznes loyihalarni aniqlash va moliyalashtirish, biznes loyihalar tashabbuskorlarini rag‘batlantirishni ko‘zda tutadi.

Ko‘rik-tanlovda tadbirkorlar va fermerlar o‘z biznes loyihalari bilan ishtirok etishlari mumkin. 

Loyihalar tashabbuskorlari www.biznes-portal.uz elektron platformasi orqali  ariza yuborib, “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturi  ishtirokchisiga aylangan bo‘lishi tanlovning asosiy sharti hisoblanadi.

Tanlovda mahallarda yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi daromadlarini oshirish va eksportni ta’minlashga qaratilgan biznes loyihalarga ustuvorlik beriladi. 

“Mahalla taraqqiyoti uchun eng yaxshi biznes loyiha” Respublika ko‘rik-tanlovi  2024 yilning 10 avgustiga qadar davom etadi. 

G‘oliblar O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi arafasida e’lon qilinadi. Tanlovda eng yaxshi deb topilgan biznes loyihalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 14 sentyabrdagi “Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-306 sonli qaroriga asosan joriy etilgan tartib asosida “Biznesni rivojlantirish banki” tomonidan imtiyozli shartlarda moliyalashtiriladi.

Shuningdek, g‘olib deb topilgan loyihalar tashabbuskorlari tashkilotchilarning qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. 

Tanlovda ishtirok eting va mahalla taraqqiyotiga o‘z hissangizni qo‘shing!