Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Mahalla taraqqiyoti uchun eng yaxshi biznes loyiha” ko‘rik-tanlovi
15:56 / 2024-08-06

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Biznesni rivojlantirish banki, Kichik biznesni rivojlantirish jamg‘armasi hamkorligida “Mahalla taraqqiyoti uchun eng yaxshi biznes loyiha” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, “Murtazo Muharram” oilaviy korxonasi 3-o‘rinni, “Qorovultepa zamonaviy mebellari” MCHJ 2-o‘rinni, “Dilorom Do‘rmon tekstil” MCHJ 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.  

– Bugungi kunda korxonamizda Do‘rman, Kumushkon, Qahramon va Hazora mahallalarida istiqomat qiluvchchi 50 nafar xotin-qizning bandligi ta’minlangan, – deydi korxona rahbari Asadbek Axtamov. – Bolalar kiyimlari tikishga ixtisoslashgan ushbu tikuv korxonasi 2021 yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozir 20 turdan ortiq mahsulot ishlab chiqariladi. Kunlik ishlab chiqarish hajmi esa 2000 donani tashkil etmoqda. Biz asosan yarim tayyor mahsulotlar bilan ishlaymiz, Poytaxtdagi bolalar kiyimlari ishlab chiqaradigan “Bonito Kids” va “Biryuza Group” korxonalari bilan shartnoma tuzganmiz. Ulardan bichim ko‘rinishidagi mahsulotlarni buyurtma asosida qabul qilib, tayyor tikilgan holda qayta jo‘natamiz. Eksport ham ular orqali amalga oshiriladi. Hozirgi kunda faqat Rossiyaga oyiga o‘rtacha 100 million so‘mlik mahsulot eksport qilinmoqda.  

Tanlovda “Eng namunali kredit to‘lovchi”, “Eng faol ayol tadbirkor”, “Eng yosh tadbirkor”, “Eng salohiyatli tadbirkor” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar ham aniqlandi.

Barcha g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.  

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri