Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Mahalla servis kompaniyasi” ish boshladi
15:54 / 2025-05-22

Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanidagi Tinchlik mahallasida “Mahalla servis kompaniyasi” faoliyat boshladi.

Ushbu loyiha Prezidentimizning 2024 yil 25 iyundagi “Mahallalarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va qiyofasini tubdan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida amalga oshirilmoqda.

Kompaniya o‘z oldiga mahallani obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, ko‘cha va xonadonlar holatini yaxshilash, shuningdek, kommunal xizmatlar bilan aholi o‘rtasida samarali hamkorlikni ta’minlashni maqsad qilgan. 

Loyihaning ochilish marosimida O‘zbekiston mahallalari uyushmasining Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i Uyg‘un Hotamov, Respublika ishchi guruhi va mahalla faollari ishtirok etdi. Tashrif buyurganlar kompaniyaning ish uslubi, texnik jihozlari va ko‘rsatiladigan xizmatlar turi bilan tanishdi. 

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri.