Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahalla raislari ishonchni oqlashga va’da berdi
12:01 / 2022-07-03

Farg‘onada viloyatdagi mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari uchun mamlakatimizda mahalla institutini rivojlantirish, mahallabay ishlash tizimini shakllantirish, mahalla raislari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, mahalladagi muammolarni o‘rganish va hal etish masalalari yuzasidan o‘quv seminarlari tashkil etilmoqda.

Seminar doirasida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farg‘ona, Quvasoy shaharlari va Farg‘ona tumanidan kelgan 177 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari ishtirokida davra suhbati o‘tkazdi.

Viloyat hokimi so‘zi avvalida mas’uliyatli, sharafli lavozimga saylangan mahalla raislarini tabrikladi. Barcha islohotlar “Inson qadri uchun” degan g‘oya asosida amalga oshirilayotganligi, Prezidentning quyi tizimdagi vakili bo‘lgan mahalla raislariga katta ishonch bildirilayotganligiga alohida urg‘u berdi. Shuningdek, mahalla raislariga yil boshidan ish boshlagan hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektorlari ko‘makdosh bo‘layotgani ta’kidlandi. Raislar tashabbusni qo‘lga olib, har bir yordamchilar bilan ish tashkil qilib, hudud aholisini kambag‘allikdan chiqarish, ishsizlikni yo‘qotish, yoshlarni bo‘sh vaqtdan samarali foydalanishlari uchun sharoit yaratish, oilaviy ajrimlar, jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha muhim vazifalarni belgilab olishlari bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Mahallalardagi muhitni yaxshilash maqsadida “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” tashkil etilgani, 2021 yilda Respublika byudjetidan ajratilganidan tashqari, viloyat mahalliy byudjetidan 132 milliard so‘m mablag‘ ajratilgani, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 4,5 ming bolaga stipendiya to‘langani, 600 nafar ayolga uy qurib berilishi natijasida ko‘makka muhtoj aholi qatlamiga yordam ko‘rsatilayotganligi ham e’tirof etildi. Mahalla raislari hududidagi har bir muammoli vaziyatni chuqur o‘rganishi va unga yechim topishi kerakligi ta’kidlandi.

Uchrashuvda mahalla raislari bildirilgan ishonchni oqlash uchun astoydil harakat qilib, natija ko‘rsatishga va’da berdi.

 

M. Sulaymonov, O‘zA