Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahalla raislari bilim va malaka oshirmoqda
11:23 / 2022-07-20

Fotoreportaj

Termiz davlat universitetida viloyatdagi 721 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarining yangi saylangan raislari uchun mahallabay ishlash tizimini shakllantirish mavzuida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

Mahalla raislarida aholi bilan ishlash va ishni samarali tashkil etish ko‘nikmalarini yanada oshirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda qayd etilganidek, bugun jamiyatimizda ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, millatlararo do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, yoshlarni ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ehtiyojmand qatlamni ijtimoiy himoya qilish ishlarining natijadorligini ta’minlashda mahalla hal qiluvchi o‘rin tutadi. 

[gallery-7970]

Oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, mahoratli moderatorlar jalb etilgan o‘quv-seminar tinglovchilari mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari oldida turgan vazifalar, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning mohiyati, qonunchilik asoslari haqida  bilim va ko‘nikmalarini oshirmoqda.

 

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA