Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahalla raisi va faollari avariya holatidagi binoda ishlamoqda
20:26 / 2021-02-11

Yurtimizda mahallalar faoliyatiga alohida e’tibor qaratilib, tizimda mehnat faoliyatini olib borayotgan xodimlarga barcha shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. Joylarda zamonaviy mahalla guzarlari qurilib, foydalanishga topshirilayapti.

Navoiy viloyati Karmana tumanidagi “Beshkent” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida ayni paytda 611 ta xonadonda 3341 nafar aholi istiqomat qiladi. Hududda bitta maktabgacha ta’lim tashkiloti va bitta umumta’lim maktabi mavjud. Hozir gap mahallada olib borilayotgan ishlar haqida emas. Balki, mahalla fuqarolar yig‘ini mas’ullari o‘tiradigan bino haqida.

[gallery-1114]

Mahalla binosi 4 xonadan iborat bo‘lib, 1987 yilda hashar yo‘li bilan qurilgan. Ayni paytda bino ta’mirga muhtoj. Mahalla raisi Shavkat Ismoilovning aytishicha, tegishli tashkilotlar tomonidan binoni buzishga ruxsat berilgan. Ammo joy bo‘lmaganligi bois mahalla shu yerda faoliyat olib bormoqda.

Binoda xonalar yetishmaydi. Hattoki, mahalla raisi o‘z xonasini “Ayollar maslahatxonasi” uchun bo‘shatib berib, boshqa xodimlar bilan bir xonada o‘tirib ish olib boradi. “Beshkent” mahallasidan tashqari “Arg‘un” va “Farhod” mahallalari profilaktika inspektorlari bir xonaga joylashtirilgan.

Sh.Ismoilovning ta’kidlashicha, 2020 yilda mahalla binosi qurilishi kerak edi, ammo pandemiya tufayli qurilish qoldirilgan. Joriy yilda qurilish ishlari olib borilishi rejalashtirilgan. Qolganini esa vaqt ko‘rsatadi. Ayni paytda bino avariya holatida.

Abduvali Bo‘riyev, Siroj Aslonov(surat), O‘zA