Jondorda mahalla fukarolar yig‘ini raisi 400 ming so‘m bilan fuqaroni "Temir daftar"ga kiritib qo‘ymoqchi bo‘ldi.
Bu haqida Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi katta leytenanti Murodjon Rahmatullayev ma’lum qildi.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Buxoro viloyati boshqarmasi, viloyat IIB hamda Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ullari hamkorligida tadbir o‘tkazildi. Natijada Jondor tumanidagi mahallalarning birida rais lavozimida ishlovchi 1977 yilda tug‘ilgan fukaro A.A. egallab turgan xizmat mavqeidan foydalanib, fuqaro N.Sh.ni aldab, uning ishonchini suiiste’mol qiladi.
Vakolatli tanishlari orqali uni “Temir daftar” ga ro‘yxatga kiritish evaziga 400 ming so‘m pora berishga dalolat qiladi. Joriy yilning 14 fevral kuni soat taxminan 16:35 larda Jondor tumanidagi o‘zi raislik qiluvchi mahalla binosida fuqaro N.Sh.dan kimyoviy ishlov berilgan 400 ming so‘m pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanib, tegishli tartibda hujjatlashtiriladi.
Mazkur holat yuzasidan fukaro A.A.ga nisbatan O‘z.R.JKning 168-m. 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 28, 211-m 1-qismi bilan qo‘shimcha ayb e’lon qilingan.
Zarif Komilov, O‘zA