Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahalla o‘smirlari tennischi
14:26 / 2022-11-29

Samarqand shahrida 13-16 yoshli o‘smirlar o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha “Mahalla kubogi” respublika musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Mahallalarda ommaviy sportni keng targ‘ib qilish, o‘smirlar o‘rtasida stol tennisini yanada ommalashtirish, ularni jismoniy sog‘lomlashtirish hamda o‘smirlarni doimiy ravishda sportga jalb qilish maqsadida “Mahalla” xayriya jamoat fondi tashabbusi bilan O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan turnirning dastlabki bosqichi mahalla fuqarolar yig‘inlarida 5268 nafar yoshlar ishtirokida o‘tkazildi.  

Ular orasidan saralangan 1616 o‘g‘il-qiz 808 jamoaga bo‘lingan holda tuman (shahar) bosqichida kuch sinashdi. Viloyat bosqichida tuman, shahar bosqichida g‘olib deb topilgan 16 ta jamoa o‘zaro kuch sinashdi.  

Murosasiz kechgan bahslarda Pastdarg‘om tumanidagi Joulqosim mahallasi jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, musobaqaning respublika bosqichiga yo‘llanma oldi. Keyingi sovrinli o‘rinlar Payariq tumanidagi Darvishiq va Ishtixondagi Xalqobod mahallalari o‘smirlariga nasib etdi.  

Musobaqa g‘oliblariga “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.  

G‘.HASANOV, O‘zA