English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahalla oilaviy ajrimlarga qarshi
17:25 / 2019-12-16

Urganch shahridagi yoshlar markazida “Biz oilaviy ajrimlarga qarshimiz!“ mavzusida insholar tanlovi bo‘lib o‘tdi.


Urganch shahridagi yoshlar markazida “Biz oilaviy ajrimlarga qarshimiz!“ mavzusida insholar tanlovi bo‘lib o‘tdi. 

Unda viloyatdagi eng namunali mahalla raislari, xotin – qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassislar ishtirok etdi. 

Ikki kun davom etgan tanlovda ishtirokchilar vazifasini to‘laqonli bajarishi, xalq bilan muloqot qilishi, tajriba va malakasi, muomala madaniyati kabi mezonlar asosida aniqlandi. 

– Mazkur tanlov viloyatdagi eng bilimli va tajribali mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassislarni aniqlash, namunali ish faoliyatini ommalashtirishga qaratilgan, – deydi Xorazm viloyati mahallalar kengashi raisi o‘rinbosari Jamila Matchanova. – O‘ylaymanki, tashkil etilayotgan mazkur tanlovlar mamlakatimizda oilalar mustahkamligini ta’minlab, ajrimlar sonining kamayishiga olib keladi. 

Tanlovda MFY raislari o‘rtasida birinchi o‘rinni Gurlan tumanidagi “Tozayorgan“ mahallasi raisi Baxtiyor Ibragimov, mahalla mutaxassislari o‘rtasida eng yuqori o‘rinni Bog‘ot tumani “Kulonkarobog‘“ mahalla mutaxassisi Egamova Muyassar egalladi. 

G‘oliblikni qo‘lga kiritgan va faol qatnashgan ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.