English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahalla obod bo‘lsa, yurt obod bo‘ladi
16:44 / 2025-11-25

Sirdaryo viloyatining Guliston tumanida aholining yashash sharoitini yaxshilash, mahallalarni obodonlashtirish va fuqarolarning faolligini rag‘batlantirish maqsadida “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.

Tanlovda 24 ta mahalladan mahalla raislari, ko‘cha boshilari va namunaviy xonadon egalari  qatnashib, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va mahalla hayotidagi yorqin tajribalarini namoyish qilishdi.

Tadbirning badiiy qismida Guliston tumani hokimi vazifasini bajaruvchi Olimjon Jo‘rayev ham ishtirok etdi. Hokim mahallalardagi namunali muhit, aholi faolligi va birlashgan sa’y-harakatlarning yurt ravnaqidagi ahamiyatini alohida ta’kidlab, mahalla rahbarlari va faollar fidokorligini e’tirof etdi.

Tanlov yakunida Ibrat mahallasi raisi Zuhra O‘sarova “Obod mahalla”, Ra’no Mahamatova xonadoni “Obod xonadon” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi hamda “Shodiyona” ko‘chasida istiqomat qiluvchi aholi “Obod ko‘cha” nominatsiyasini qo‘lga kiritdi.

G‘oliblarga esdalik sovg‘alari topshirildi. Endilikda ular Sirdaryo viloyati bosqichida Guliston tumani sharafini himoya qilishadi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri