Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahalla obod bo‘lmoqda
13:41 / 2023-11-20

Shu kunlarda Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanidagi Mustaqillik mahallasini namunaviy, obod va go‘zal maskanga aylantirish maqsadida bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Mahalladagi 16 ta ko‘p qavatli uyning fasadi va kirish yo‘laklari tartibga keltirilib, 8 tasining tom qismi yangilandi.

Sport maydonchasi, shuningdek, 3 kilometr havo tarmog‘i tortilib, 30 ga yaqin eski simyog‘och yangisiga almashtirildi. Bir kilometr piyodalar yo‘lagi qurildi, aholi iste’moli uchun 200 tonnaga yaqin ko‘mir yetkazib berildi, 110 nafar ishsiz fuqaroning bandligi ta’minlandi, 1 300 ga yaqin aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.  

Tadbirkorlik qilish istagidagi 16 nafar fuqaroga kredit, 20 nafariga subsidiya ajratildi, 6 ta o‘ta og‘ir sharoitda yashayotgan oila xonadonlari homiylik asosida ta’mirlandi.  

–Mahallamizda katta qurilish ishlari boshlanib, qisqa kunlar ichida fayz kirdi, – deydi yetmish yoshli K.Xalimova. – Davlatimiz rahbarining qishloq ahliga bo‘lgan e’tibori tufayli mahallalarimiz kundan-kunga obod bo‘lib bormoqda. – Bog‘ yaratish, atroflarni orasta saqlashga qaratilgan ishlar qishloq ahlining ertangi kunga bo‘lgan ishonchi ortib borishiga katta turtki bo‘ladi, – deydi mahalla faoli B.Xudoyberdiyev.  

Viloyat hokimi Akmaljon Mahmudaliyev yaqinda mahalladagi qurilish-obodonlashtirish ishlari bilan tanishib, hudud faollari bilan suhbatlashdi. Mas’ullarga mahalla ahliga zamon talablariga mos yashash sharoitni yaratish yuzasidan ishni shu zaylda davom ettirish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.  

Sh.Suyarov,  

O‘zA muxbiri