Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahalla maishiy xizmat ko‘rsatish markazi ish boshladi
10:33 / 2025-09-01

Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi Oqmachit mahallasida “Mahalla maishiy xizmat ko‘rsatish markazi” foydalanishga topshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, BMT taraqqiyot dasturi hamda Islom taraqqiyot banki,  OPEKning Xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan "Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish" qo‘shma loyihasi doirasida mazkur markaz qurilishiga 4 milliard 219 million so‘m mablag‘ sarflandi.

Markazning ochilishida so‘zga chiqqanlar yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar “Inson qadri uchun” tamoyili asosida olib borilayotganligi, mahallalar yettiligi faoliyatini yanada takomillashtirish va ularga yetarlicha shart-sharoitlar yaratib berishga alohida e’tibor qatilayotganligini ta’kidlashdi.  

Maishiy xizmat ko‘rsatish markazi 3 qavat va yerto‘ladan iborat bo‘lib, unda mahalla binosi, kutubxona, kasbga yo‘naltirish markazi, o‘quv markazi, yoshlar markazi, pishiriq sexi, savdo do‘konlari, sartaroshxona, go‘zallik saloni, fitnes zali, 2 ta tikuvchilik xonasi, maishiy texnikalarni tuzatish ustaxonasi, kiyimlarni kimyoviy tozalash, meva va sabzavotni saqlash, qadoqlash va sotish maskani kabilar faoliyat yuritadi.

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri