French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Mahalla ligasi” qizg‘in bahslarga boy bo‘ldi
10:45 / 2025-07-20

Surxondaryo viloyatida “Mahalla ligasi” sport musobaqasining tuman va shahar bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekiston mahallalar uyushmasi va Sport vazirligi hamkorligida  tashkil etilayotgan musobaqada mahallalarda yashaydigan o‘ttiz yoshdan oshgan sportchilar mini-futbol, voleybol, stol tennisi, stritbol, vorkaut, shaxmat va shashka bo‘yicha bellashmoqda.

Sherobod tumanida o‘tkazilgan qizg‘in bahslarda mini futbol bo‘yicha Galaguzar mahallasi, shaxmat-shashka musobaqasining erkaklar bellashuvida Katta hayot, ayollar musobaqasida Chig‘atoy, tennis bo‘yicha Boybuloq mahallasi jamoalari faxrli birinchi o‘rinni egalladi. Voleybol musobaqasining erkaklar bahsida Boybuloq, ayollar o‘rtasidagi bellashuvlarda Boyqishloq mahallalari jamoalariga birinchi o‘rin nasib etdi.  

G‘olib jamoalar musobaqaning joriy yil avgust oyida bo‘lib o‘tadigan viloyat bosqichida qatnashib, tuman sharafini himoya qiladi.  

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Mahalla ligasi” sport musobaqasining tuman va shahar bosqichida viloyatdagi 724 mahalla fuqarolar yig‘inidan o‘ttiz mingga yaqin kishi ishtirok etmoqda.

Xolmo‘min Mamatrayimov,

O‘zA muxbiri