Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahalla kurashchilari “Bosh prokuror kubogi” sovrini uchun gilamga chiqishdi
09:40 / 2023-11-11

“Besh tashabbus olimpiadasi” dasturi doirasida mahallalarda istiqomat qiluvchi yoshlar o‘rtasida sportning milliy kurash turi bo‘yicha “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori kubogi” musobaqalarining Buxoro viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda viloyat hokimi Botir Zaripov qatnashib, mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportning ommaviyligini oshirish, aholi, ayniqsa, mahallalardagi yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish, yoshlar qiziqqan sport yo‘nalishlarida shug‘ullanishi har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotganligini ta’kidladi. Bu borada “Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqalarining tashkil qilinayotganini e’tirof etdi va ishtirokchilarga omad tiladi.

O‘tkazilgan bellashuvlarda shahar-tuman bosqichlarida yuqori natijalarni qayd etgan 120 nafar o‘g‘il-qiz 9 ta vaznda g‘oliblik uchun gilamga chiqdi.

Qizg‘in va murosasiz kechgan bellashuvlar yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

G‘oliblar musobaqalarning respublika final bosqichi yo‘llanmasini ham qo‘lga kiritdi.  

Ma’lumot uchun: “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida kurash sport turi bo‘yicha “Bosh prokuror kubogi” musobaqasining respublika final bosqichi joriy yilning 2-4 dekabr kunlari Buxoro shahrida o‘tkaziladi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri