Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Mahalla kubogi” g‘oliblari saralanmoqda
12:31 / 2022-10-29

Mahallalarda ommaviy sportni yanada rivojlantirish, yoshlarni jismonan sog‘lom va ma’nan barkamol qilib tarbiyalash maqsadida O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Stol tennisi federatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi, Madaniyat, Sportni rivojlantirish, Ichki ishlar, Sog‘likni saqlash vazirliklari, O‘zbekiston Milliy gvardiyasi, O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda 13-16 yoshdagi mahalla o‘smirlari o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha “Mahalla kubogi” respublika turniri o‘tkazilmoqda.

–  Prezidentimizning 2022 yil 30 oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida “Sportni sev, sport bilan yasha!” shiori ostida tashkil etilayotgan stol tennisi bo‘yicha “Mahalla” kubogi” respublika turniri 4 bosqichda o‘tkazilmoqda, – deydi “Mahalla” xayriya jamoat fondi Navoiy viloyati bo‘limi raisi Faxriddin Soliyev. – Musobaqa nizomiga ko‘ra 1-bosqich 10 oktyabrdan 30 oktyabrgacha mahallalarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. Viloyatimizdagi barcha mahallalarda dastlabki bosqich yakunlandi.  

Viloyatdagi mavjud 330 ta mahallada o‘tkazilgan musobaqada g‘olib chiqqan o‘smirlar 31 oktyabrdan 15 noyabrga qadar 2-bosqich – tuman (shahar) bosqichi doirasida o‘zaro bellashadi.

Joriy yilning 10 oktyabr kuni start olgan “Mahalla kubogi”ning respublika bosqichi 1-20 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

 

A.Bo‘riyev, O‘zA.