Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahalla kubogi davom etmoqda
10:00 / 2022-10-27

Chekka mahallalarda yoshlarni sportga jalb etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida sport musobaqalari tashkil etilmoqda. Bu borada Prezidentimizning 2020 yil 10 oktyabrdagi farmoni muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

Mazkur farmon ijrosi doirasida Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani “Mahalla” xayriya jamoat fondi va Yakkabog‘ tumani sportni rivojlantirish bo‘limi, Yakkabog‘ tuman 2-sonli sport maktabi hamkorligida mahallalarda stol tennisi bo‘yicha “Mahalla kubogi” musobaqasi o‘tkazilmoqda.

 13-16 yoshdagi o‘smirlardan tarkib topgan jamoalar o‘rtasidagi turnir  murosasiz o‘tdi. Musobaqada jami 120 nafar sportchilar ishtirok etdi va g‘oliblar hamkor tashkilotlar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

O‘lmas Barotov, O‘zA.