Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahalla kengashlariga xizmat avtomashinalari topshirildi
18:25 / 2020-02-04

Mamlakatimizda azaldan oʻzbek mahallalari chinakam milliy qadriyatlar maskani boʻlib kelgan.


Fargʻonada fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha viloyat, shahar va tuman kengashlariga zamonaviy xizmat avtomashinalari topshirildi.

Mamlakatimizda azaldan oʻzbek mahallalari chinakam milliy qadriyatlar maskani boʻlib kelgan. Bugungi kunda mahalla fuqarolar yigʻinini xalqchil va aholi manfaatlarini himoya qiluvchi taʼsirchan tuzilmaga aylantirish, uning oʻrni va nufuzini oshirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratilyapti. Bu borada olib borilayotgan ulugʻvor ishlar, yangi tashabbuslar koʻlamining kengayib borayotgani tizim ish samaradorligini oshirish, sifatini yaxshilash imkonini bermoqda.

photo5316669711854972103.jpg

– Xalqimizning taqdiri mahallaga payvand, odamlarning tashvishi, quvonchu shodligi mahalla uchun begona emas, – deydi Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Fargʻona viloyati kengashi raisining birinchi oʻrinbosari Shavkat Ermatov. – Viloyatimiz hokimi tashabbusi bilan tuhfa etilgan xizmat avtomashinalari mazkur yoʻnalishdagi ish koʻlamlarini yana-da yaxshilash, uzogʻimizni yaqin qilishga xizmat qiladi. Oʻtgan yilning oʻzida viloyatimizda 17 ta mahalla fuqarolar yigʻinlari yangi binoga koʻchib oʻtdi, oʻttizdan ortiq binolar taʼmirlanib, rekonstruksiyadan chiqarildi, kompyuter, mebel toʻplami bilan taʼminlandi. Joriy yil istiqboldagi rejalarga koʻra, 190 dan ortiq mahalla fuqarolar yigʻinlari taʼmirlanib, jihozlanadi.

photo5316669711854972100.jpg

Viloyat, shahar va tuman kengashlariga mamlakatimizda ishlab chiqarilgan “Cobalt” rusumli avtomashinalari topshirilishi ham sohaga qaratilayotgan doimiy eʼtibor ifodasi boʻldi.

Fargʻona viloyati hokimi Shuhrat Gʻaniyev avtomashinalarning kalitlarini hududiy kengashlarning raislariga tantanali topshirdi. Tadbirda ishtirok etgan keng jamoatchilik, mahalla faollari islohotlar tufayli qadr topayotgan milliy va umuminsoniy qadriyatlarga bundan buyon yana-da bardavom boʻlishini taʼkidlashdi.