Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahalla instituti: milliy taraqqiyotdan xalqaro maydon sari
10:38 / 2021-07-15

O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri o‘rinbosari Botir Parpiyev “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik.

Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilaridan biri bo‘lgan Avstraliyaning “Kleinen Zeitung” nashri vakili Kristian Vershutsni qabul qildi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati ma’lum qilmoqda.  

 Uchrashuvda Kristian Vershuts yangilanayotgan O‘zbekistonda kechayotgan tub o‘zgarishlarga o‘z munosabatini bildirib, jadal islohotlar zamirida Prezident tashabbusi bilan tashkil etilgan vazirlik faoliyatiga yuqori baho berdi. Vazir o‘rinbosari bilan suhbatdan so‘ng “Kleinen Zeitung” nashri vakili amaliy ishlar samarasini ko‘rish maqsadida Uchtepa tumanidagi “Sharq yulduzi”, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Elobod” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahallalar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.  

 O‘zini o‘zi boshqarishning noyob organi bo‘lgan mahalla tizimi xorijlik mehmonda katta taassurot qoldirdi.  

 N.Usmonova, O‘zA