Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahalla – ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashda muhim tizim
10:47 / 2022-03-29

Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tuman hokimi, sektorlar rahbarlari, mahalla tizimi xodimlari, faxriylar ishtirok etgan tadbirda mamlakatimizda keyingi yillarda mahalla institutining jamiyatdagi o‘rni va nufuzi, tizimga berilayotgan vakolatlarning ortib borayotganligi, bu esa islohotlar samaradorligini hamda aholi turmush farovonligini yuksaltirish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etayotganligi ta’kidlandi.

Navro‘z tantanalariga ulanib ketgan bayram tadbirida tuman hokimi I. Matro‘ziyev bugungi kunda mahalla tuzilmasining inson hayotidagi o‘rni va ahamiyatini tubdan oshirish borasida qilinayotgan ishlar xususida alohida to‘xtalib, soha xodimlarini bayram bilan qutladi.

[gallery-6339]

Ta’kidlash joiz, ayni vaqtda tumanda 56 ta mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyat ko‘rsatmoqda. Ushbu mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, muammolarni o‘rganish va yechim topishda “mahallabay” va “xonadonbay” tizimda ish olib borilmoqda.  

Zuhriddin UMURZOQOV, O‘zA