Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Mahalla iftixori“ ko‘krak nishoni o‘z egalariga topshirildi
09:05 / 2019-10-02

Prezidentimizning 2017 yil 13 iyuldagi “Mahalla iftixori“ ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan ushbu mukofotga bu yil Surxondaryo viloyatidan 25 nafar yurtdoshimiz sazovor bo‘ldi.


Prezidentimizning 2017 yil 13 iyuldagi “Mahalla iftixori“ ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan ushbu mukofotga bu yil Surxondaryo viloyatidan 25 nafar yurtdoshimiz sazovor bo‘ldi. 

Fidoyi faollar mahalla instituti roli va o‘rnini kuchaytirib, hududda ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, millatlararo do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, o‘g‘il-qizlarni Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalashdek ezgu xizmatlari shuningdek, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, profilaktika tadbirlari va jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga qo‘shayotgan munosib hissasi uchun ana shu mukofot bilan taqdirlandi. 

Surxondaryo viloyati hokimi T.Bobolov mazkur mukofotlarni o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi.

–So‘nggi yillarda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini tubdan takomillashtirishga qaratilgan e’tibor mahalla institutining jamiyatdagi roli va mavqeini oshirishga xizmat qilmoqda, – deydi Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Obodguzar ” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Pardaxon Xudoyqulova. – Islohotlar natijasida joriy yilda mahalla raisi saylovi yangi tamoyillar asosida o‘tkazildi. Fuqarolar yig‘ini shtatlari qayta ko‘rib chiqilib, keng jamoatchilik bilan ishlashning samarali tizimi yaratildi. Bu kabi o‘zgarishlar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ish samaradorligini oshirib, zimmamizga xalq dardu-tashvishlari bilan yashashdek mas’uliyatli vazifani yukladi. Bu mukofot meni ana shu maqsadda yanada unumli faoliyat yuritishga undadi.

Tadbirda mukofotlanganlar nomidan so‘zga chiqqanlar bildirilgan yuksak ishonch uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdi.