Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Mahalla iftixori”ga munosiblar...
19:20 / 2019-10-01

Bugungi kunda Buxoro viloyatida 544 mahalla fuqarolar yigʻini ish olib borayotir.


Bugungi kunda Buxoro viloyatida 544 mahalla fuqarolar yigʻini ish olib borayotir.

Vohada ilgʻor ish tajribalari bilan oʻrnak boʻlayotgan mahalla tizimi vakillari anchagina. Ularning bir guruhi mamlakatimiz Prezidentining 2017-yil 3-fevralda qabul qilingan “ Mahalla instituti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoniga muvofiq, taʼsis etilgan “Mahalla iftixori” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

Buxoro viloyati hokimligida hududdagi “Mahalla iftixori” koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlar sharaflandi.

Viloyat hokimi Oʻ.Barnoyev jamiyatimizda aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, keng qamrovli profilaktika tadbirlari va jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga munosib hissa qoʻshayotgan tizim vakillari va faollarining 19 nafariga koʻkrak nishonlari va pul mukofotlarini topshirdi.

– Oʻn uch yillik ish tajribam shuni koʻrsatyaptiki, qayerda jamoatchilik va davlat tashkilotlari bilan hamjihatlik bilan ish tutib, muammolar oʻz vaqtida hal etilsa, oʻsha joyda osoyishtalik, maʼnaviy muhit barqaror boʻladi. Keyingi uch yil mobaynida hududimizda oʻsmirlar hamda xotin -qizlar oʻrtasida birorta ham jinoyat qayd etilgani yoʻq. Yana eng muhim jihati, oilaviy ajrimlarga yoʻl qoʻyilmayapti, – deydi mukofotlanganlardan biri Buxoro shahridagi Nizomiy nomli MFY raisi Nasiba Muhammedova.