Qarshi shahridagi Kunchiqar mahalla fuqarolar yig‘ini shu kunga qadar eski moslashtirilgan binoda faoliyat yuritar edi. Bu o‘z navbatida mahalla fuqarolari bilan ishlashda bir qator noqulaylik tug‘dirari.
O‘tgan yilda byudjet mablag‘lari hisobidan mahalla idorasi uchun yangi bino qurib beriladigan bo‘ldi va qurilish ishlari boshlab yuborildi. Barcha qurilish kommunikatsiya ishlari bajarilgach bino mahalla fuqarolar yig‘ini ixtiyoriga topshirildi.
[gallery-6360]
Binoning tantanali ochilish marosimida keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Ta’kidlash lozimki, mazkur bino 4 ta xonadan iborat bo‘lib, barcha qulayliklarga ega. Binoda mahalla raisi va xotin qizlar faoli uchun alohida 1 tadan xona, hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisi uchun bitta xona, shuningdek, profilaktika inspektori uchun ham xona ajratilgan.
Ma’lumot o‘rnida, Kunchiqar mahalla fuqarolar yig‘ini hududida bugungi kunda 4 ming nafardan ziyod aholi, 1 ming 870 ta oila, 1 ming 49 ta xonadon mavjud.
O‘lmas Barotov, O‘zA
Jamshid Norqobilov (surat) O‘zA.