FOTOREPORTAJ
Andijon shahridagi “Bobur arena” o‘yingohida futbol bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmati raisi kubogi uchun o‘tkazilgan musobaqaning viloyat bosqichi final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Unda viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ishtirok etib, mamlakatimizda sportga qaratilayotgan e’tibor xususida fikr-mulohazalar bildirdi. Yosh futbolchilarga omad tiladi.
Musobaqa finalida Andijon tumanining “Poloson” va Asaka tumanining “Yuksalish” mahallalari jamoasi maydonda to‘p surdi.
Murosasiz o‘tgan o‘yin yakunida Andijon tumani yoshlari raqiblarini 2:1 hisobida mag‘lub etib, mamlakat bosqichida viloyat sharafini himoya qilish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.
Ishtirokchilar va g‘olib jamoa vakillari viloyat hokimligi hamda DXX viloyat boshqarmasining faxriy yorliqlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
[gallery-8100]
Zuhriddin UMURZOQOV (surat),O‘zA