FOTOREPORTAJ
Farg‘ona viloyati Quvasoy shahrida “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida qurilish, ta’mirlash ishlari olib borilgan “Guliston” mahalla fuqarolar yig‘ini binosi foydalanishga topshirildi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, mahalla faollari, nuroniylar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Mazkur mahalla idorasi binosi “Tashabbusli byudjet” jarayonlarining birinchi mavsumi doirasida 780 million so‘m mablag‘ evaziga ta’mirlanib, zamonaviy ko‘rinishga keltirildi.
Tadbirda so‘z olganlar keyingi yillarda hudud infratuzilmasini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni e’tirof etdi.
[gallery-15033]
Mehnat faxriylari ramziy bog‘ichni qirqib, binoda MFY raisi, xotin-qizlar faoli, hokim yordamchisi, profilaktika inspektori, yoshlar yetakchisi, soliqchi va ijtimoiy xizmat xodimi faoliyati uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA