Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Mahalla” fondi yosh oilalarga tayanch
21:21 / 2021-11-11

Inson bu dunyoga kelib doimo yaxshi hayot kechirish, baxtga erishish uchun intilib yashaydi. Har bir oila borki, farzand quvonchidan masrur bo‘lib, chinakam baxtni his etib, umr kechiradi.

Namangan viloyatining Chust tumanidagi “Mehnatobod” mahallasida yashovchi yosh oila – Otabek Ubaydullayev va Nargiza Sotimova 2009 yilda oila qurgan. Ammo oradan o‘n yildan ko‘p vaqt davomida xonadonlarida chaqaloq yig‘isi yangramaganligi sababli ular ahil oilani saqlab qolish maqsadida farzand asrab olishga qaror qiladi. Oilaning kattalari yosh oilaning taklifini ma’qullab, qo‘llab-quvvatlaydi.

Oila sentyabr oyida ikki o‘g‘il va bir qizni bag‘riga oldi. Oila boshlig‘i Otabek ikkinchi guruh nogironligi bo‘lishiga qaramay ro‘zg‘or ta’minotini but qilish uchun tinimsiz mehnat qiladi. Uning turmush o‘rtog‘i Nargiza ham oilasi ta’minoti uchun o‘z hissasini qo‘shishga harakat qilib, tuman Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limida faoliyat yuritib kelmoqda.

Bolajonlar oilaning sharoitiga tezda moslashib, uy yumushlarida ota-onalariga yaqindan yordam berishni boshlab yubordi. Bolalar Chust tumanidagi 8-sonli umumta’lim maktabida o‘qiydi.

Ushbu oilaning yaxshi yashashi uchun “Mehnatobod” mahalla fuqarolar yig‘ini va qo‘ni-qo‘shnilar doimo e’tibor qaratmoqda. Bu esa yurtimizda mehr-saxovat va insoniylik fazilatlarining namoyishidir.

“Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi tomonidan oilaning yashash sharoiti o‘rganildi, ularga ro‘zg‘orda zarur bo‘lgan jihozlar olib beriladigan va moddiy yordam ko‘rsatiladigan bo‘ldi.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA