English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Mahalla” fondi xodimlari uchun o‘quv-seminari tashkil etildi
20:07 / 2022-03-01

Qashqadaryo viloyatida “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi xodimlari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi.

Unda fond viloyat va tuman bo‘limi mutaxassislari ishtirok etdi.

– Seminardan ko‘zlangan asosiy maqsad, fond tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlar bilimi, sohaga oid hujjatlar haqidagi savodxonligini oshirish va zamonaviy buxgalteriya asoslarini o‘rgatishdan iborat, – deydi fond respublika boshqaruvi mas’ul xodimi Yu.Navruzov. – Berilgan ma’lumotlar fond xodimlarining ish sifatini oshiradi, ularni qog‘ozbozlikdan ozod qiladi.

Kelgusida bu kabi o‘quvlarni har bir viloyatda o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Seminarda elektron raqamli imzoni olish va undan masofadan turib foydalanish, “1-Uz” buxgalteriya dasturi, “Axborot xavfsizligi” va “Elektron hukumat” tizimida ishlash mavzularida ma’ruzalar tinglandi.

O‘zA