Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahalla fondi: aholini qo‘llab-quvvatlash doimiy e’tiborda
16:30 / 2022-01-26

Mahalla fuqarolar yig‘ini odamlarning muammo va takliflarini eshitadigan, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydigan maskanga aylandi. Shuning uchun mahallalarning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur barcha huquqiy asoslar, yetarli sharoitlar yaratilmoqda.

–“Mahalla” fondi tuman va shahar bo‘linmalari tomonidan davlat rahbari tashabbusi bilan belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan 2021 yilda 37 ta fuqarolar yig‘inlariga kompyuter texnikasi, 18 tasiga mebel jihozlari olib berildi, – deydi Fondning Buxoro  viloyati bo‘limi boshqaruvi raisi Ulug‘bek Kozimov. – 163 ta fuqarolar yig‘inlarining qarzdorliklari qoplandi. 1 ming 333 nafar fuqarolar yig‘inlari xodimlariga bir marta to‘lanadigan moddiy yordam puli to‘lab berildi. Kam ta’minlangan ijtimoiy himoyaga muhtoj, extiyojmand, boquvchisini yo‘qotgan va ko‘p farzandli oilalarni qo‘llab-quvvatlash, sog‘lig‘ini tiklash va yakka-yolg‘iz qariyalar, nogironlar hamda tabiiy ofatdan jabr ko‘rgan 1 ming  798 nafar fuqarolarga jami 224 million 826 ming so‘mlik xayriya yordamlari ko‘rsatildi.  

2021 yil davomida fond faoliyatiga oid 400 taga yaqin xayriya tadbirlari shundan, 100 dan ortiq ma’rifiy va sport tadbirlari o‘tkazildi. Fuqarolar yig‘inlari ilg‘or tajribalarini ommalashtirish va tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish maqsadida fondning tuman va shahar bo‘linmalari tomonidan xizmat kursatish, ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi va sohaviy yo‘nalishlari bo‘yicha jami 14 ta tadbirlar o‘tkazildi. 22 ta yangi ish o‘rni yaratildi. 

Zarif Komilov, O‘zA