Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahalla faollari Angren konchilari faoliyati bilan tanishdi (+video)
11:20 / 2024-09-20

Joriy 2024/2025 yillar kuz-qish mavsumi uchun respublika aholisi va byudjet tashkilotlariga jami 1 886,2 ming tonna, shundan aholiga 1 247,2 ming tonna, byudjet tashkilotlari uchun jami 638,9 ming tonna, shundan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri byudjet tashkilotlariga 352,6 ming tonna, (DXSH asosida tadbirkorlik sub’ektlariga 286,5 ming tonna) mahalliy ko‘mir yetkazib berilishi belgilangan.

Ayni kunlarda respublikamiz iste’molchilarini joriy kuz-qish mavsumi uchun ko‘mir mahsuloti bilan ta’minlash ishlari jadal olib borilmoqda. Shu maqsadda “Ko‘mir ta’minot” MCHJ tasarrufida 90 ta respublika hududiy ko‘mir ombori va 13 ta shoxobchasi ishlab turibdi.

Shu kungacha (18 sentyabr holatiga) byudjet tashkilotlari uchun 319 621 tonna (91 foiz) mahalliy ko‘mir ortib yuborildi, yetkazib berilgan yoqilg‘i hajmi 314 260 tonna (rejaga nisbatan 80 foiz)dan oshdi.

Respublika aholisi uchun ortib yuborilgan mahalliy ko‘mir 274 287 tonna (rejaga nisbatan 21 foiz)ni tashkil etadi. Yetkazib berish hajmi esa 244 372 ming tonna (rejaga nisbatan 19 foiz)dan oshdi.

Respublikamizning olis va borish qiyin bo‘lgan hududlaridagi qishloq (ovul)lar 24 4049 tonna mahalliy ko‘mir mahsulotlari bilan ta’minlandi.

Jamiyat axborot xizmatiga ko‘ra, yaqinda O‘zbekiston mahallalari uyushmasining Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i Muhammadjon Nishonov boshchiligidagi bir guruh viloyat faollari “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida bo‘ldi.

Bosh direktor Vladimir Kuznetsov va korxona vakillari mehmonlarni iliq qarshi oldi. Bosh direktor huzurida bo‘lib o‘tgan suhbat davomida Vladimir Kuznetsov jamiyat faoliyati, ko‘mir qazib olish va uni iste’molchilarga ortib yuborish jarayonlari, sohadagi yangiliklar haqida so‘zlab berdi.

O‘zbekiston mahallalari uyushmasining Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i Muhammadjon Nishonov aholini kuz-qish mavsumi uchun arzon va sifatli ko‘mir mahsuloti bilan ta’minlash dolzarb masala ekani, Angren konchilari bu borada jonbozlik ko‘rsatib ishlayotgani, andijonliklar bundan minnatdorligini ta’kidlab, viloyat hokimining salomini yetkazdi.

Angren konchilari uchun Andijon viloyati ahli nomidan ikkita “Isuzu” yuk avtomashinasida keltirilgan sabzavot, meva hamda poliz mahsulotlaridan iborat qishloq xo‘jalik mahsulotlari in’om qilindi.

‒ Tabiiy gazga ulanmagan aholi xonadonlarida qish payti ko‘mirdan foydalanish arzon va qulay. Ammo ko‘mirni qazib olish va iste’molchilar talabiga mos ravishda yetkazib berish oson emas. Bu o‘ta zahmatli ish. Angren konchilari bu ishni sidqidildan ado etib, xalqimizni arzon va sifatli ko‘mir mahsulotlari bilan ta’minlab kelmoqda. Biz viloyatimiz rahbari shuhrat Abdurahmonovning tashabbusi bilan bugun Angren konchilariga minnatdorlik bildirish uchun keldik, – dedi Muhammadjon Nishonov. – Mana, Angren ko‘mir konini, bu yerda qattiq yoqilg‘i qanday mashaqqatlar bilan qazib olinayotganini o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rdik, konchilar bilan suhbatlashdik va mashaqqatli ishlarida muvaffaqiyatlar tiladik. Biz konchilarimizni har doim qo‘llab-quvvatlaymiz. Zero, ishlab chiqaruvchi va iste’molchi doimiy munosabatda bo‘lib tursa, muammolarga o‘rin qolmaydi.

Nasiba Ziyodullayeva, Anvar Ahmedov, O‘zA