English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahalla faoliyatining zamonaviy yo‘nalishlari muhokama qilindi.
19:29 / 2025-11-01

So‘nggi yillarda mamlakatimizda, shu jumladan Jizzax viloyatida ham mahalla institutini isloh qilish, uni xalq hayotiga yaqin va samarali tizimga aylantirish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Prezidentimiz ta’kidlaganidek: “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak.” Ana shu ezgu g‘oya asosida joriy etilgan “mahalla yettiligi” tizimi bugun har bir hududda fuqarolar muammolarini joyida hal etish, ularning manfaatlarini himoya qilishda samarali mexanizmga aylandi.

[gallery-26038]

Shu islohotlar ijrosi doirasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Muqaddas O‘razaliyeva Mirzacho‘l tumanidagi “Bog‘bon” va “Yerjar” mahallalarida bo‘lib, “mahalla yettiligi” faoliyatini o‘rgandi hamda fuqarolar va mahalla faollari bilan ochiq muloqotlar o‘tkazdi.

Ushbu uchrashuvlar chog‘ida mahalla infratuzilmasini yaxshilash, ijtimoiy himoya, bandlik, xotin-qizlar masalalari hamda mahalla faoliyatining zamonaviy yo‘nalishlari muhokama qilindi. Mahalla yetakchilari bugungi kunda fuqarolarning turmush tarzini yaxshilash, muammolarni joyida hal etishda “mahalla yettiligi”ning muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidlashdi. Shu jarayonda mahallaning haqiqiy fuqarolik va birdamlik o‘chog‘iga aylanayotgani yaqqol ko‘zga tashlandi.

– Bugun mahalla nafaqat ma’muriy birlik, balki fuqarolarning fikri, tashabbusi va manfaatlarini davlat siyosatiga bog‘laydigan ko‘prikka aylanmoqda, – deydi deputat Muqaddas O‘razaliyeva. – Har bir hududda faol va mas’ul mahalla yetakchisi bo‘lsa, u yerda xalqning roziligi, hamjihatlik va barqarorlik ta’minlanadi.  

Suhbat davomida mahalla vakillari o‘z hududlarida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, ijtimoiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash hamda aholi bilan yaqin muloqot orqali masalalarni hal etishda yangicha yondashuvlar haqida fikr almashdilar.

Uchrashuv yakunida deputat mahalla tizimida kechayotgan islohotlar — “Inson qadri uchun” tamoyiliga asoslangan davlat siyosatining amaliy ko‘rinishi ekanini qayd etdi.

Darhaqiqat, mahalla tizimining mustahkamlanishi Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining muhim poydevoriga aylanmoqda. U fuqarolar manfaatlariga xizmat qiluvchi, xalq bilan davlatni bog‘lovchi eng ta’sirchan ijtimoiy tuzilma sifatida tobora kuchayib bormoqda.

A. Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA muxbirlari