Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahalla – biznes markazi
12:17 / 2015-05-20

Farg‘ona viloyatining obod tumanlaridan bo‘lgan Beshariq haqida gap ketganda, avvalo, ko‘z oldimizga uning betakror tabiati, xushmanzara va bahavo maskanlari, mashhur qantak o‘rigiyu, tilimi tilni yorar qovunlari keladi. Ammo tumanni mashhur qilgan – bu uning omilkor dehqonlari, ishning ko‘zini biladigan tadbirkorlari.

Farg‘ona viloyatining obod tumanlaridan bo‘lgan Beshariq haqida gap ketganda, avvalo, ko‘z oldimizga uning betakror tabiati, xushmanzara va bahavo maskanlari, mashhur qantak o‘rigiyu, tilimi tilni yorar qovunlari keladi. Ammo tumanni mashhur qilgan – bu uning omilkor dehqonlari, ishning ko‘zini biladigan tadbirkorlari.

Prezidentimiz rahnamoligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, oilalar farovonligini ta’minlash va aholi turmush darajasini yuksaltirishga qaratilayotgan alohida e’tibor Beshariqda ham o‘zining yuksak samaralarini bermoqda.

Tumanda bugungi kunda 64 mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyat yuritmoqda. Mamlakatimizda yaratilayotgan keng imkoniyat va sharoitlardan unumli foydalanayotgan oilaviy tadbirkorlar mahallalarda hunarmandlik va aholiga turli xizmatlar ko‘rsatishni yo‘lga qo‘ymoqda. Issiqxonalar tashkil etib, oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirayotir. Qandolatchilik, novvoylik, parrandachilik, chorvachilik va asalarichilik rivojlanmoqda.

“Rapqon” qishloq fuqarolar yig‘inidagi bo‘sh turgan binoda ish boshlagan “Zarifaxon zarlari” xususiy korxonasida tayyorlanayotgan ayollar kiyimlari zamonaviy va milliy andozalar uyg‘unligi, sifati, xushbichimligi bilan xaridorlarga manzur bo‘layotir.

Zarifa Mamajonova rahbarlik qilayotgan korxona imkoniyatini kengaytirish uchun bankdan 30 million so‘m kredit olib, o‘nta zamonaviy tikuv mashinasi xarid qildi. Turdosh korxonalarda malaka oshirgan o‘n nafardan ziyod qizlar kasb sirlarini mahalladagi tengdoshlariga o‘rgatmoqda.

– Asosan ayollar kiyimlari tikishga ixtisoslashgan korxonamizda milliy va zamonaviy uslubda kelinlar liboslari, parda, zardo‘zlik buyumlari tayyorlanmoqda, – deydi Z.Mamajonova. – Dizaynerlik borasidagi yangiliklarni internet tarmog‘idan bilib boramiz. Bu mahsulotlarimizni mijoz talabi asosida tayyorlash imkonini beradi. Oilalarimizdagi farovonlik, zamonaviy uy-joy va avtomashinalar hunarmandlikdan topgan daromadimiz hisobidan bo‘lmoqda.

Yosh hunarmand Bobomurod Yo‘ldoshev bobomeros temirchilik sirlarini mahalla yoshlariga o‘rgatmoqda. Maishiy xizmat va pedagogika kasb-hunar kolleji o‘quvchisi Sardor Qo‘shoqov yog‘och o‘ymakorligi ustaxonasini ishga tushirdi. Natijada o‘ndan ziyod yosh ishli bo‘ldi.

– Hududimizda 50 dan ortiq yosh hunarmand faoliyat ko‘rsatmoqda, – deydi “Rapqon” qishloq fuqarolar yig‘ini raisi Abdumo‘min Nurmatov. – Istiqlol yillarida yig‘inimizda temirchilik, kosibchilik, duradgorlik, yog‘och o‘ymakorligi, tikuvchilik rivojlandi. O‘tgan yili o‘z biznesini boshlamoqchi bo‘lgan 30 nafar tadbirkorga 50 million so‘mdan ziyod bank krediti olishga ko‘maklashildi. Bu mahallalar obodligi, aholi turmush farovonligini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Hisob-kitoblarga ko‘ra, yuzga yaqin oila o‘z daromadidan yangi avtomashina xarid qilgan. Yoshlar, ayollar o‘rtasida jinoyatchilikning, oilaviy ajrimlarning oldini olish bo‘yicha erishilayotgan yutuqlarda ham hunarmandlik rivoji alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Bularning barchasi Prezidentimiz rahnamoligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan e’tibor samaralaridir.