Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Mahalla – besh tashabbus beshigi” ko‘rik- tanlovining respublika bosqichi o‘tkazildi
18:31 / 2021-12-04

Poytaxtimizdagi "Turkiston" san’at saroyida “Mahalla – besh tashabbus beshigi” ko‘rik- tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva ishtirok etdi. 


Qayd etilganidek, oxirgi yillarda davlatimiz rahbarining g‘oya va tashabbuslari bilan mahallaga bo‘lgan e’tibor sezilarli kuchaydi. Tashkiliy-huquqiy asos takomillashtirildi. Mavjud 9 mingdan ziyod mahallani kompleks rivojlantirishga qaratilgan “Obod mahalla”, “Obod qishloq” dasturlari izchillik bilan amalga oshirib kelinmoqda.  Odamlarni rozi qilishga qaratilgan barcha muhim ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishlarda “mahallabay” ishlash tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Besh muhim tashabbus davlatimiz rahbari boshchiligidagi Yangi O‘zbekistonni barpo etish hamda Uchinchi Renessans poydevorini yaratish siyosatining ajralmas qismi va ularni amalga oshirish – hayotiy zarurat. 

[gallery-4950]


Tanlovning tuman-shaharlar bosqichida 1 035 ta, hududiy  bosqichda esa 207 ta mahalla ishtirok etib, ularda 62 500 nafardan ortiq yoshlar qamrab olindi.
Final bosqichida esa 14 ta hududdan yo‘llanmani qo‘lga kiritgan 14 mahalla, 300 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etdi.

G‘oliblarni aniqlashda Respublika komissiyasi ishtirokchilar hujjatlarini ko‘rib chiqib,  besh muhim tashabbus bo‘yicha qabul qilingan tegishli hujjatlarda belgilangan vazifalar ijrosi ta’minlanganligi, uning mazmun-mohiyatini xalqqa yetkazilganligi hamda targ‘ibot- tashviqot ishlarining olib borilganligi va boshqa mezonlar asosida baholadi.

G‘olib mahallalar I, II, III darajali diplomlar va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati hamda homiylarning qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Muhammad AMIN (surat), O‘zA