Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahalla ayollari hokim kubogi uchun bellashdi
17:32 / 2025-03-10

Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport turlarining ommaviyligini oshirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, mahallalarda aholini sportga oshno etishda bir qator musobaqalar tashkil etilayotgani diqqatga sazovor.

Shunday musobaqalardan biri Namangan davlat texnika universiteti sport zalida bo‘lib o‘tdi. Unda voleybol bo‘yicha viloyat hokimi kubogi uchun mahalla fuqarolar yig‘inlarida yashovchi faol ayollardan iborat jamoalar ishtirok etdi. 

Xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, opa-singillarimizni sportga keng jalb etish va ular orasida voleybol sport turini ommalashtirishga qaratilgan mazkur turnirda viloyatning barcha shahar va tumanlaridan saralangan 180 nafardan ziyod ayol qamrab olindi.

Qizg‘in bahslar ostida kechgan musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra, To‘raqo‘rg‘on tumani jamoasi g‘olib chiqib, hokim kubogini qo‘lga kiritdi. Faxrli ikkinchi o‘rinni Chust tumani voleybolchi ayollar jamoasi egallagan bo‘lsa, kuchli uchlikdan Davlatobod tumani jamoasi joy oldi. 

Turnirning g‘olib va sovrindor jamoalari viloyat hokimligi, viloyat sport boshqarmasi tomonidan munosib ravishda taqdirlandi. Shuningdek, musobaqa davomida o‘z mahorati va faolligi bilan ajralib turgan sportchilar ham rag‘batlantirildi.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA