Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahalla ahlining ahilligi, yaratuvchanligi va mehr-oqibat bog‘i
07:14 / 2023-07-07

FOTOREPORTAJ

Nukus shahridagi “Darbent” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi bir  guruh faollar o‘tgan yili hududda foydalanilmay turgan 35 sotix yer maydonida yaxshi niyat bilan bog‘ yaratish ishlarini boshlagan edilar. Ko‘pchilik bir yoqadan bosh chiqarib, ushbu yer maydonida tozalash ishlarini olib bordi va 200 tupdan ortiq mevali, manzarali daraxt ko‘chatlarini o‘tqazdi. Ko‘chatlarga vaqtida suv berildi, parvarishlash ishlariga mas’uliyat bilan yondashildi. Natijada esa bir paytlar befayz va qarovsiz yotgan yer o‘rnida so‘lim bog‘ paydo bo‘ldi.

[gallery-12627]

- Bu yerda olma, o‘rik, shaftoli, nok, uzum ko‘chatlari va mahalliy daraxtlarning bir nechta turlari mavjud, - deydi mahalla nuroniylaridan biri, bog‘bon Aytmurod Davletov.  - Har kuni ertalabdan boqqa oshiqaman. Daraxt ko‘chatlari orasiga bodring, pomidor, sabzi, tarvuz va qovun ekkanmiz. Hademay bu mevali ko‘chatlar hosilga kirsa, mahallamiz bog‘i bolalar bilan to‘ladi. Bu bog‘ mahallamizdagi ahillik, odamlarimizdagi yaratuvchanlik va mehr-oqibatning bir mevasi, desam yanglishmayman.

 

Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA