Qarshi davlat universitetida magistrlarga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda talabalar, professor-o‘qituvchilar, ota-onalar, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, universitetni joriy yilda 25 ta mutaxassislik bo‘yicha 281 nafar magistr tamomladi. 70 nafarga yaqini universitetning o‘zida qolib, ilmiy-tadqiqot faoliyatlarini davom ettiradi. Ular safida 2021-2022 o‘quv yilida Prezident stipendiyasi sohibi bo‘lgan psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha) mutaxassisligi magistri Surayyo Norqobilova ham bor.

– Bugun biz kabi yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlardan har qancha quvonsak arziydi, – deydi Surayyo Norqobilova. – Mana shunday imkoniyatlardan foydalanib, Prezident stipendiyasmi sohibi bo‘ldim va doktoranturada ham o‘qish imkoniyatini qo‘lga kiritdim. Hozirda ilmiy-tadqiqot va pedagogik faoliyatimni universitetda qolib davom ettirmoqchiman.

Bitiruvchilarga diplomlar tantanali ravishda topshirildi.
O‘lmas Barotov, O‘zA