Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Magistraturaga qo‘shimcha qabul uchun ruxsat berildi
16:09 / 2021-11-08

O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy ta’lim muassasalariga 2021/2022-o‘quv yili magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kirish imtihonlarida ishtirok etib, mutaxassislik fanidan belgilangan maksimal ballning 40 foizi (40 ball) va undan yuqori ball to‘plagan abituriyentlarni tegishli oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilangan to‘lov-kontrakt asosida ballar ketma-ketligiga qat’iy amal qilgan holda qo‘shimcha qabul qilishga ruxsat berildi.

Magistraturaga kirish imtihonlarida ishtirok etib, yuqoridagi talabni bajargan talabgorlar tegishli oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga 2021 yil 9 noyabrdan murojaat qilishlari mumkin.  

 To‘lov shartnoma miqdorining kamida 50 foizini bajarishning oxirgi muddati 2021 yil 20 noyabr etib belgilandi.  

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 22 iyundagi tegishli qaroriga ko‘ra, magistratura mutaxassisliklariga qo‘shimcha qabul to‘lov-kontrakt miqdori bir talabaning o‘qishi uchun sarflanadigan xarajat miqdoridan kelib chiqqan holda oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilanadi.  

 

O‘zA